AsosiyJamiyat

Shavkatbek Ergashev yana Mirzo Ulug`bek tumani hokimi etib tayinlandi

'Shavkatbek Ergashev yana Mirzo Ulug`bek tumani hokimi etib tayinlandi'ning rasmi

Shavkatbek Ergashev Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Mirzo Ulug`bek tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiev Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Shavkatbek Ergashev — 1964 yilda tug`ilgan Toshkent avtomobil yo`llari instituti va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U mazkur tayinlovga qadar Uchtepa tumanini boshqarib kelgandi. Avvalroq Mirzo Ulug`bek tumani hokimi (2005−2013), ungacha esa Olmazor tumani hokimining birinchi o`rinbosari (2002−2005) bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar