AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yana bir fotoradar ishga tushdi

'Toshkent viloyatida yana bir fotoradar ishga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIB Yo`l-harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmatidan O`zAga xabar qilinishicha bugundan e`tiboran xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan A 373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 142-kilometri – “Qoraxitoy” qishloq fuqarolar yig`ini hududida fotoradar ishga tushdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Bugundan e`tiboran bu fotoradar tezlikni me`yoridan oshirgan haydovchilarni rasman aniqlamoqda.

Qoidabuzar transport vositalari egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda qaror chiqarilib, yashash manziliga yuboriladi.

Xabarda yo`l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo`ljallangan, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari viloyatning boshqa asosiy yo`llari hamda shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o`rnatilishi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar