“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonuni (O`RQ-476, 18.04.2018 y.) imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 78-moddasiga qo`shimcha kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslikni ta`qiqlovchi norma o`rnatildi.
Eslatib o`tamiz, qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o`zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmaganligi, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to`liq amalga oshirilishiga to`sqinlik qilayotganligi munosabati bilan ishlab chiqilgan edi.
Masalan, birgina 2016 yilda Adliya vazirligiga fuqarolardan yaqin qarindoshlarining yoki o`zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilish rad etilganligidan norozi bo`lib 33 ta murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur norma bugundan kuchga kirdi.






