1

Toshkentda er 26 yoshli ayolini pichoqlab, o`ldirdi

Jinoyat 19.04.2018, 17:36
Toshkentda er 26 yoshli ayolini pichoqlab, o`ldirdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida oilaviy nizo oqibatida er yoshgina ayolini pichoqlab, o`ldirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

"18 aprel kuni soat 12.30larda, Tuzel 3-daha 29-uy 32-xonada yashovchi, 1992 y.t. D.Azizov M.Ulug`bek ko`chasida joylashgan “Yashnobod tumani FHDYo” binosi oldida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o`rtog`i, 1993 y.t. O.Azizovani qorin va ko`krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat etkazgan", - deyilgan xabarda.

Natijada O.Azizova kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. D.Azizov qo`lga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1