AQShda mamlakat tarixidagi eng fojiaviy aviahalokatlardan biri yuz berdi, deya xabar berdi Ren.tv nashri.
Nyu-York–Dallas reysi bo`yicha havoga ko`tarilgan “Boing” samolyotining dvigateli havodayoq portlab ketdi. Samolyot bortida qariyb 150 dan ortiq kishi bor edi.
“Boing” havoga ko`tarilgach, 20 daqiqadan oshmayoq, dvigatellardan biri ishdan chiqib portlagan. Filadelfiya uzra uchib o`tayotgan samolyot shaharga qo`nishga majbur bo`ladi.
Keyinroq ma`lum bo`ldiki, samolyotni ayol uchuvchi boshqarayotgan ekan: Temmi Shuls samolyotni bitta dvigatel bilan ham qo`ndirishga muvaffaq bo`lgan.
Aviahalokat oqibatida bir kishi halok bo`lgan, yana 20 kishi jabr ko`rgan.






