1

“Taksi” kinosini jahonga mashhur qilgan musiqa o`zbek san`ati durdonasidan o`g`irlangan...mi?

Dunyo 19.04.2018, 21:50
“Taksi” kinosini jahonga mashhur qilgan musiqa o`zbek san`ati durdonasidan o`g`irlangan...mi?

Fransiyada mashhur «Taksi» filmining 20 yillik yubileyi nishonlandi.

Ushbu film ilk bor 1998 yilning aprelida katta ekranga chiqqan bo`lib, kuni kecha film rejissyori Lyuk Besson yubiley munosabati bilan yangi — «Taksi-5»ni omma e`tiboriga havola etdi.

Besson ilk film uchun ssenariyni 30 kunda yozib tugatgan. O`zi «Beshinchi element» filmi bilan band bo`lgani sababli yangi filmni suratga olishda shaxsan qatnasha olmagan. U film uchun aktyorlarni tanlab, suratga olishni Jerar Piresga topshirgan. Ammo suratga olish jarayoni boshlanishidan sakkiz kun avval Pires otdan yiqilib, jarohat olgani sababli Jerar Kravchikni o`ziga o`rinbosar etib tayinlaydi.

Film uchun ssenariy 30 kunda yozilgan bo`lsa, uni suratga olish – 27 kunda tugagan. Kartinada birdaniga suratga tushgan oltita mashinaning har biri muayyan vazifani bajargan. Kartinada professional poygachilar kaskadyorlik qilgan.

Film katta shuhrat qozongach, Lyuk Besson uning davomi — «Taksi-2», «Taksi-3», «Taksi-4» va nihoyat «Taksi-5» filmlarini suratga oldi. Ayni damda kartinaning beshinchi qismini Fransiyada 1,2 million kishi tomosha qilishga ulgurdi.

Bu kinoni ko`pchiligimiz ko`rganmiz. Ana shunday mashhur filmning brendiga aylangan musiqaga hech e`tibor qilganmisiz?

U mashhur o`zbek xonandasi qo`shig`iga bastalangan kuydan o`g`irlanganmi? Nahotki, dunyoga mashhur kinofil`mlar mualliflari ham “ko`chirmakash” bo`lsa?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1