Saudiya Arabistonida so`nggi 40 yil ichida kinoteatrlar faoliyati taqiqlanganidan so`ng ilk marta kinoteatr ochildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Ilk ommaviy kino namoyishi qirolik poytaxti Ar-Riyodda chorganba kuni oqshom mahali bo`lib o`tdi.
Qirollikda ilk kinoteatrdagi kino namoyishi Marvel kinokompaniyasining “Qora pantera” superqahramonlik filmi bo`ldi.
Endilikda kinoteatrlarga erkaklar ham, ayollar ham kelishi mumkin.
Hozircha kinoteatrda 450 o`rindiqqa ega birgina zal bor. Kelgusida yana uchta zal ochilishi mumkin. Ma`lum bo`lishicha kinofilmlar namoyishining taqiqlangani bekor qilinishi har yili mamlakat byudjetini milliard dollarga to`ldirishi mumkin ekan.






