Mumbay mehmonxonasi restoranidagi oilaviy tushlik paytida birdaniga 12 kishi halok bo`ldi, deya yozmoqda Ren.tv nashri.
Restoran zalida bir qizaloq chopqillab yurgan bir paytda tuyqus bir mashina kelib ichkaridagilarga uriladi. Qizaloq mo``jiza tufayli qochishga ulguradi.
Haydovchi, aftidan, gaz bilan tormoz tepkisini adashtirib yuborgan. Voqea joyida 12 kishi halok bo`ldi.






