AsosiyJamiyat

​Ra`no Shodieva imkoniyati cheklangan bolalar bog`chasida bo`lib, quvonchli lahzalarni hadya qildi

'​Ra`no Shodieva imkoniyati cheklangan bolalar bog`chasida bo`lib, quvonchli lahzalarni hadya qildi'ning rasmi

Kecha, 19 aprel kuni Shovot tumanidagi 19-sonli 6 yoshgacha bo`lgan yurish imkoniyati cheklangan bolalar bog`chasida katta bayram bo`ldi.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni qo`llab-quvvatlash markazi rahbari Ra`no Shodieva maskanda bo`lib, bolajonlarga quvonchli lahzalarni hadya qildi.

— Aslida mana shu kichkintoylarning mitti yuragida olam-olam mehr mujassam. Haqiqiy iqtidor uchqunlarini ularning nigohlarida ko`rdim. Sizlar bizning kelajagimizsiz, - dedi Ra`no Shodieva.

Uchrashuv bayram tantanalariga ulanib ketdi. Bolajonlarning konsert dasturi mehmonlarga manzur bo`ldi.



Ulardagi iqtidorni kashf etgan Ra`no Shodieva bog`cha tarbiyalanuvchilariga Yoshlar ittifoqining sovg`alarini taqdim etdi. Yana Xorazmga kelsa, albatta ular bilan uchrashishga va`da berdi.


    Boshqa yangiliklar