1

Avstriyada poezdlar to`qnashib ketdi, 40 yaqin kishi jarohatlandi (foto)

Dunyo 20.04.2018, 11:49
Avstriyada poezdlar to`qnashib ketdi, 40 yaqin kishi jarohatlandi (foto)

Bugun, 20 aprelt kuni tongda Avstriyaning Zalsburg shahri vokzalida ikki poezd to`qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.

Dastlabki ma`lumotga ko`ra favqulodda hodisada jabrlanganlar 35-40 kishi atrofida. Ularning ko`pchiligi engil jarohat olgan, ayrimlari kasalxonaga etkazilgan.

Ma`lum bo`lishicha, vokzalda manyovrli lokomotiv vagonlarni Syurix - Vena yo`nalishli poezdga ulayotganda to`qnashuv sodir bo`lgan.

Favqulodda hodisa sabablari o`rganilmoqda. Vokzalda poezdlar harakati to`xtatilgani yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1