AsosiyMadaniyat

Fillipin elchisi Madaniyat vazirligiga tashrif buyurdi

'Fillipin  elchisi Madaniyat vazirligiga tashrif buyurdi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov Fillipin Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Vilfredo Santoza bilan rasmiy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv doirasida san`atkor va ijodkorlarni ikki tomonlama Xalqaro festivallarda ishtiroklari ta`minlanishi borasida so`z yuritildi. Fillipin Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Vilfredo Santoza madaniyat va san`at sohasini ikki tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish yuzasidan o`z fikr va takliflarini berdi. Bu o`z navbatida Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari tomonidan ma`qullandi va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga xissasini qo`shishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar