Toshkent shahar IIBB asli Rossiya fuqarosi bo`lgan Dmitriy Pitkoni vataniga qaytargani haqida xabar berdi.
O`tgan oyning oxirida Toshkent shahar IIBB xodimlari xotirasini yo`qotgan kishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma`lumot yuzasidan surishtiruv o`tkazishdi. Rossiya fuqarosi bo`lgan Dmitriy Pitko ismli shaxsning hujjatlarini qayta tiklash bo`yicha Rossiya Federasiyasiga so`rov yuborildi.
Qisqa fursat ichida Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi ko`magida Dmitriy Pitkoga Rossiya Federasiyasining pasporti rasmiylashtirildi. Uning vatanga qaytishida faol ishtirok etgan «NTV» telekanali esa samolyot chiptasini taqdim etdi.
Pitkoga ko`p yillar g`amxo`rlik qilgan toshkentlik Eduard Chulyakov va Lada Anoxina esa uni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatib qo`ydilar.
Dmitriy hozir otasi bilan Orenburgda. O`ylaymizki endi uning hayotida hammasi joyida bo`ladi.






