AsosiyDunyo

ChINGIZ AYTMATOV. 127 DAVLATDA 77 MILLION KITOBI BOSILGAN ADIBNI XOTIRLAB...

'ChINGIZ AYTMATOV. 127 DAVLATDA 77 MILLION KITOBI BOSILGAN ADIBNI XOTIRLAB...'ning rasmi

Aslida, buyuk kishilar haqida qancha yozilsa ham oz. Zero, Chingiz Aytmatov, nihoyatda suhbati shirin, dunyo va hayot to`g`risida teran mushohada yurituvchi dono inson ekanligi ko`pgina manbaalarda keltirilgan.

BOLA TABIAT INSON

Yozuvchi va tarjimon Suyun Qoraev “Chingiz Aytmatov buyuk yozuvchi kamtarin inson, sodiq do`st” kitobida “Ko`plar Chingizni o`ta mag`rur odam, ulug` yozuvchi, unga yaqinlashib ham bo`lmaydi, deb uylashsa kerak. Aslida esa u hayotda juda oddiy, hatto bola tabiat inson. Chingizda kalondimog`likdan, manmanlikdan nishona ham yuq. Maqtovga esa tobi yuqroq. Juda katta zakovat sohibi ekani shundoq ko`rinib turibdi... Odamni yaxshiroq bilmoqchi bo`lsangiz, uning tug`ilib o`sgan vataniga boring, deyishgan ekan. Chingiz 50 yoshga to`lganda, u tavallud topgan ovulga borganmiz. Ovulda kudratli Manas tog`ining shunday poyida joylashgan ekan. Qarindosh-urug`larining Chingizni boshiga ko`tarib hurmat qilganlarini aytmaysizlarmi” deb yozadi.


IJODI BILAN ChO`QQINI ZABT ETGAN “ALPINIST”

Chingiz Aytmatovning dovrug`i nafaqat, o`zi tug`ilib o`stgan qishloqda, balki butun dunyoni qamrab olgan, desak mubolag`a bo`lmaydi.

Aytmatovning o`zi, shaxsi bir dunyo bo`lsa, ijodi bir olam. Uning asarlarini o`qigan sari yangi-yangi qirralarini topasiz, har safar uyga tolasiz. Kitobxonni, tomoshabinni uylantirib qo`yish esa chinakam san`at asarining bosh fazilatidir.

Chingiz Aytmatovning so`z san`atiga qoyil qolmasdan iloji yo`q. Yozuvchining asarlari ko`plab tillarga tarjima qilingan, qissa-romanlari bo`yicha deyarli barcha qit`alarning teatrlarida minglab sahna asarlari quyilgan va tomoshabinlarga olam-olam zavq bag`ishlagani esa so`zimiz isboti bo`la oladi. Chingiz Aytmatov o`z ijodi, jumladan ekranlashtirilgan asarlari, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati tufayli G`arb va Sharqda ham ma`lum va mashhur.


YoZUVChINING SO`NGGI ASARI...

Chingiz Aytmatovning so`nggi – “Qassandra tamgasi” romani, katta tortishuvlarga sabab bo`lgan. Roman G`arbiy Evropada qayta-qayta bosilib, qo`ldan-qo`lga tegmasdan bestseller bo`lib ketgandi. Yozuvchi bu romanda inson hayoti muammolarini kosmik yuksaklikda, ya`ni insoniyat va koinot miqyosida mushohada qilgandi.

Chingiz Aytmatov bir-biridan qiziqarli, har qanday romanni ham ortda qoldiradigan go`zal qissalari bilan dunyoga tanilganligini ham e`tirof etmaslik mumkin emas.

SO`NGGI MANZIL TOMON...

Chingiz Aytmatov erkin ijod bilan shug`ullanish va tarixiy, milliy mavzularda asarlar yozish niyatida, 2008 yil boshlarida Qirg`izistonning Belgiyadagi va Frandiyadagi elchisi lavozimidan va bir qancha xalqaro tashkilotlardagi mas`ul lavozimlaridan o`z xohishi bilan bo`shagan. Yozuvchi 2008 yil may oyining o`rtalarida Qozon shahrida o`zining “Asrga tatigulik kun” romani bo`yicha film suratga olinayotganda zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. “Og`ir zotiljam” va “Buyrak faoliyatida etishmovchiligi” tashxisi kuyilib, behush holda 16 mayda Qozon shahridan Germaniyadagi Nyurnberg shahrining klinikasiga olib borilgan. Adib, shifokorlar xulosasiga ko`ra o`pkasining butunlay ishdan chiqishi natijasida 10 iyunda 79 yoshida dunyodan ko`z yumdi.

Bishkek shahrida Chingiz Aytmatovni dafn etish buyicha tuzilgan hukumat komissiyasi a`zolari, adibning rafiqasi — Mariya Urmatovna, o`g`illari va qizi 12 iyunda yozuvchining tobutini maxsus samolyotda, Germaniyadan Bishkekka olib kelishgan. Chingiz Aytmatovning vafoti munosabati bilan 12-14 iyun kunlari Qirg`iziston Respublikasida rasmiy motam kuni, deb e`lon qilingandi.

Adibning tobuti Tuqtag`ul nomidagi filarmoniya binosiga qo`yilgan. Bino maydonida xotira mitingi o`tkazilib, u erda Chingiz Aytmatovning yaqinlari, davlat rahbari armon to`la xayrlashish nutqini so`zlagan. Miting tugagach, son-sanoqsiz avtobuslar Bishkekdan 20 chaqirim naridagi tog` etagidagi Ota-beyit tarixiy-memorial qabristoniga yul oladi. Ana shu xilvat ovulda 1938 yil kuzida Qirg`izistonning 137 sodiq farzandi, jumladan yozuvchining otasi To`raqul Aytmatov “xalk, dushmani” deb otib o`ldirilib, kechasi yashirincha kumib yuborilgandi. Yozuvchining o`zi ham xalq dushmanining o`g`li sifatida ozmuncha azoblarni ko`rmagan. Mamlakat mustaqillikka erishgach, marxumlar qaytadan dafn etilgandi. Ularning xotirasiga yodgorlik o`rnatilib, muzey ochilgan. 1995 yil kuzida - o`sha mungli marosimda Chingiz Aytmatov ham qatnashib, otasining xoki solingan qutini tuproqda o`z qo`li bilan topshirgandi. Buyuk yozuvchining o`zini ham bobolarining qabri yonida dafn etishgan.

JAHON ADABIYoTI TARIXIDA YaNGI SAHIFA OChGAN ADIB”

Ozod Sharafiddinov “Insoniyatning buyuk vakili” degan maqolasida Chingiz Aytmatov haqida “...Chingiz XX asrda jahon adabiyotining pepqadam vakillaridan biriga aylangap, millionlab kitobxonlarning sevimli muallifi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, Chingiz adib sifatida jahon adabiyoti tarixida yangi sahifa ochgan, yangi bosqichga ko`targan san`atkor” degan edi.

ChINGIZ AYTMATOV TURKIY DUNYoDAN NOBELGA NOMZOD EDI...

Ko`pchilik Chingiz Aytmatovning nima uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lmaganini tushunmagan. Kimlardir buning sababini yozuvchi asarlarining sosialistik realizm muhitida dunyoga kelgani bilan tushuntirmoqchi bo`lgan. 2008 yil boshida Turkiyaning sobiq prezidenti Abdulla Gul turkiy dunyo mamlakatlari madaniyat vazirliklarining kengashida “ Aytmatov butkul turkiy dunyoning ma`naviy qadriyati va vijdonidir, uning asarlari jahon ahamiyatiga ega” degan gapni aytgan. O`shanda turkiy davlatlarning madaniyat vazirlari Chingiz Aytmatovni Nobel mukofotiga butun turkiy dunyoning nomzodi qilib ko`rsatish bo`yicha qo`mita tuzishgan edi. Ammo afsus, nasib qilmagan ekan...

Xulosa

Aytmatov o`z asarlarida inson, uning qalbi, his—tuyg`ulari, vijdoni to`g`risida mangu masalalarni qalamga olgan. Adib o`zining intervyularining birida “Umuman olganda, men hayotni optimistik yakun bilan tugaydigan fojia deb sezaman” degan edi. Biz, Chingiz Aytmatov xotirasini yod etar ekanmiz, shuni ishonch bilan aytamizki, chin ijodkor sira qarimaydi, o`lmaydi, aksincha qalblarda mangu yashaydi. Bizning xotiramizda yozuvchi Chingiz Aytmatov hayotga, ijodga tashna, hali katta-katta asarlar yaratishga qodir bunyodkor timsolida qolaveradi. Betakror asarlari, samarali diplomatik, ijtimoiy-siyosiy faoliyati so`nmas quyosh kabi porlab turaveradi.

Aliya Sulaymanova

    Boshqa yangiliklar