Kutilmaganda o`zbek kino olamiga kirib kelgan va birinchi filmlari - «Kelgindi kuyov», «Kelgindi kelin»dagi rollari bilan tezda tilga tushgan Farrux Soipov Umra safariga borib qaytdi. Bu haqida Jasur Hamroev intervyusida ma`lum qildi...
Internet foydalanuvchilaridan kelgan turli savollarga javob bergan aktyor, bugungi yoshlarning tarbiyasiga ham alohida to`xtalib o`tgan.
«Bog`larda qo`l ushlashib yurgan yoshlarni tarbiyaga chaqirish, albatta yaxshi. Ammo nazarimda, hukumatimiz, yurtimizda hali hamon faoliyat yuritayotgan disko-klublarni nazorat qilishi kerak. Chunki, shunday maskanlarda kayf safo qilib, mast holatda umriga zomin bo`layotganlar qancha. Shaxsan o`zim bunday o`nlab voqealarni ko`rgan» deydi Farrux fikrini bayon etib.






