AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonning eng chekka hududiga "Salomatlik poezdi" etib keldi

'Qoraqalpog`istonning eng chekka hududiga "Salomatlik poezdi" etib keldi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning eng chekka hududiga "Salomatlik poezdi" etib keldi. Bu haqda Kruz.uz nashri xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, “Sog`lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi doirasida respublikamizning ekologik jihatdan noqulay mintaqalarida yashovchi aholiga sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam ko`rsatish maqsadida “Salomatlik poezdi" aksiyasini o`tkazmoqda.

“O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan xayriya aksiyasi doirasidagi navbatdagi “Salomatlik poezdi" bugun Qoraqalpog`iston Respublikasining chekka chegara hududidagi “Qoraqalpog`iston" OFYga etib keldi.

“Salomatlik poezdi"ni kutib olish marosimida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlarlar Kengashi Xotin-qizlar qo`mitasidan G.Baxieva Sog`liqni saqlash vazirligidan F.Abdullaev va Qo`ng`irot tumani Xotin-qizlar qo`mitasi raisi J.Ametovalar ishtirok etdi.

- “Qoraqalpog`iston" OFY hududida 3216 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1546 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi, - deydi G.Baxieva. - Ayni paytda “Salomatlik poezdi"da yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko`rsatmoqda.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki, “Salomatlik poezdi" ushbu hududda ikki kun maboynida aholiga yordam ko`rsatadi va dushanba kuni Jasliq stansiyasining yaqin hududlaridan tashqari fondning hududiy filiali ko`chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi orqali hududdagi markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug`ruq komplekslariga hamda ko`zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab-internatlariga tibbiy ijtimoiy yordam ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar