AsosiyDunyo

KXDRda xitoylik sayyohlar halokatga uchradi

'KXDRda xitoylik sayyohlar halokatga uchradi'ning rasmi

Shimoliy Koreyada yo`l halokati sodir bo`ldi. Qurbonlarning aksariyati xitoylik sayyohlar.

Avvalroq CGTN telekanali kecha tunda Koreya Xalq Demokratik respublikasining Xvenxe-Pukto provinsiyasida ko`prikdan sayyohlar avtobusi qulab tushishi oqibatida 30 nafardan ziyod inson halok bo`lgani haqida xabar bergan edi.

RIA Novostining Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ma`lumotga asoslanib yozishicha, yo`l transport hodisasidagi qurbonlarning aksariyati xitoylik sayyohlar bo`lgan.

YTH tafsilotlari o`rganilmoqda. Xitoy va Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirliklari vakillari voqea joyiga chiqqan.

    Boshqa yangiliklar