Avval xabar berilganidek, bugun mamlakatimizga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent ko`chalarida Turkmanboshini minglab aholi davlat bayroqlari bilan kutib olishdi (assosiy qism yoshlar edi).


Eslatib o`tamiz, Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.
Prezidentlarning poytaxtimizdagi Maxtumquli ko`chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo`ljallangan.
Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal`a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.






