1

OAV: KXDRdagi yadro poligonida AQSh tekshiruv o`tkazadi. Bunga Kim Chen In rozi

Dunyo 23.04.2018, 14:12
OAV: KXDRdagi yadro poligonida AQSh tekshiruv o`tkazadi. Bunga Kim Chen In rozi

Avvalroq rasmiy Pxenyan raketa-yadroviy sinovlardan voz kechgani haqida ma`lum qilgandi.

“Bloomberg” agentligi tarqatgan xabarga ko`ra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatdagi yadroviy poligonda AQSh tomonidan tekshiruv o`tkazilishiga rozilik bergan.

Qayd qilinishicha, Kim Chen In AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Maykl Pompeo bilan bo`lgan uchrashuvda mamlakatdagi yadro poligonida tekshiruv o`tkazilishiga rozilik berib, Shimol xavfsizligi kafolatlanadigan bo`lsa, poligon ishini muzlatmaslikka hech nima sabab bo`la olmasligini bildirgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 21 aprelida Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi sessiyasida KXDR raketa-yadroviy sinovlaridan voz kechganligi, Pungeridagi yadro poligoni o`z ishini to`xtatishi va mamlakat global yadroqurolsizlanish jarayoniga qo`shilishini ma`lum qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1