1

IHT keksalar turmushini yaxshilash choralarini ko`rmoqchi

Dunyo 23.04.2018, 15:05
IHT keksalar turmushini yaxshilash choralarini ko`rmoqchi

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibiyati 24-25 aprel kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tashkilotga a`zo davlatlar vakillari ishtirokida keksalar turmushini yaxshilash masalasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazmoqda, deb xabar bermoqda "info.islom.uz" nashri.

Tadbir davomida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar keksalar duch kelayotgan muammolarga e`tibor qaratishi rejalangan.
Arabnyus nashriga ko`ra, BMT rasmiylari keksalarga oid Madrid xalqaro dasturini ko`rib chiqadi, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti keksalik va salomatlikka oid o`zining strategiyasi va harakat dasturini taqdim etadi.

Arab ligasi tashkiloti ham keksalarga oid dasturini muhokamaga qo`yishni rejalagan.

Shuningdek, yig`ilish qatnashchilari, dunyo davlatlarida bu sohada qanday ilg`or tajribalar qo`llanilayotgani va dasturlar amalga tadbiq etilayotganini ham o`rganadilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1