1

Uyni o`marayotgan o`g`ri Facebook'dagi akkauntidan chiqishni unutdi

Dunyo 27.06.2014, 15:05
Uyni o`marayotgan o`g`ri Facebook'dagi akkauntidan chiqishni unutdi

Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi Nikolas Uig o`g`rilikni osongina, hech kimga bildirmasdan amalga oshirish istagida edi. Hammasi u reja qilgandagidek o`tdi, ammo uni hayoliga ham kelmagan bir narsa fosh qildi. Bu haqda korrespondent.net sayti xabar beradi.

Gap shundaki, u o`g`rilikka tushgan xonadonidagi kompyuter orqali Facebook dagi akkauntiga kirdi va undan chiqib ketishni unutib qo`ydi. Bu esa uy egasini uni tanib olishiga, polisiyaga esa o`g`rini oson topishga ko`mak berdi.

Uig qo`lga olindi va u o`z aybiga iqror bo`ldi. Endi u 10 yilgacha qamoq jazosiga xukm qilinishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1