Janubiy Afrikaning Durban stadionida bo`lib o`tgan muxlislar to`qnashuvi oqibatida 18 kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda News.day.az nashri.
Taloto`p JAR kubogining yarim finalida sodir bo`ldi.
“Kayzer Chifs” jamoasi o`z maydonida “Fri Steyt Stars” jamoasiga 0:2 hisobida g`alabani boy bergach, mag`lub jamoa muxlislari maydonga yugurib tushib, stadion xodimlariga tashlanishdi. Matchni suratga olgan teleoperatorlar ham kaltaklandi.
Polisiyachilar ko`zni achishtiruvchi gaz qo`llabgina g`azabga mingan muxlislarni tinchlantira oldi.






