Xitoyning Sin`yuan shahridagi "Karaoke" barda yong`in chiqishi oqibati 18 kishi halok bo`lgan, besh kishi kuyish jarohati oldi.
Falokat tunda sodir bo`lgan. Ayni vaqtda yong`in o`chirilgan. Jabrlanganlar shifoxonaga etkazilgan. Voqea joyida polisiya surishtiruv ishlarini olib bordi.
Bugun Sin`yuan shahri polisiyasi bardagi yong`inni qasddan uyushtirilgan, deb e`lon qildi. O`t qo`yishda gumon qilinayotgan shaxs qidirilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha tunda barga kirish joyida gumondor va boshqa bir shaxs o`rtasida og`zaki janjal chiqqan. Shundan so`ng gumondor barning kirish yo`lagini yaqinda to`xtab turgan mopedlar bilan to`sib, ularga o`t qo`yadi. Faqat bitta chiqish joyiga ega bino ichiga alanga tez kirib borgan.






