1

OAV:O`zbekiston MTSni qaytarishga qaror qildi

Jamiyat 27.06.2014, 20:33
OAV:O`zbekiston MTSni qaytarishga qaror qildi

O`zbekiston hukumati Rossiyaning MTS aloqa operatori faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hukumat qaroriga ko`ra,  axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi va MTS kompaniyasi tomonidan MTS brendi ostida faoliyat olib boruvchi aloqa operatori tashkil qilinadi. Ammo xabarda yozlishicha, hozircha hujjatlar imzolanmagan.

Avvalroq, MTS uyali aloqa operatori O`zbekiston hukumati bilan mamlakatda o`z faoliyatini yana tiklash to`g`risida deyarli kelishib olgani haqida “Sistema”  kompaniyasi rahbari va egasi Vladimir Evtushenkov jurnalistlarga ma`lum qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, 2012 yilning iyul oyida  MTSning O`zbekistondagi sho``basi  Uzdunrobita operatorining lisenziyasi qaytarib olingan edi. O`shanda kompaniyaga 600 mln AQSh dollar miqdorida da`volar qo`yilgan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Ushbu jarimani to`lay olmaslik munosabati bilan 2013 yilning yanvarida  "Uzdunrobita" bankrot bo`lgani haqida ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1