Bugun ertalab Turkiyaning janubi-sharqiy qismida 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan, jabrlanganlar soni oshib bormoqda. Bu haqda korrespondent.net nashri xabar berdi.
Turkiya Sog`liqni saqlash vaziri Ahmed Demirjonning ma`lum qilishicha, zilziladan jabr ko`rganlar hozircha 39 nafarga etgan, ulardan 35 tasi shifokorlar nazoratida, og`ir jarohatlanganlar yo`q.
24.04.2018 09:48
Turkiyada kuchli zilzila qayd etildi, 39 kishi jabrlandi






