1

“Sabot” filmi 40-Moskva xalqaro kinofestivalning asosiy dasturidan o`rin oldi

Madaniyat 24.04.2018, 20:35
“Sabot” filmi 40-Moskva xalqaro kinofestivalning asosiy dasturidan o`rin oldi

Ayni kunlarda dunyoning eng nufuzli kinofestivallaridan hisoblangan “A” kategoriyadagi 40-Moskva xalqaro kinofestivali bo`lib o`tmoqda.

Mazkur festivalning asosiy dasturidan rejissyor Rashid Malikovning “Sabot” filmi ham o`rin olgan. Ushbu kinoasarni festival ishtirokchilari, ayniqsa, rus tomoshabinlari katta qiziqish bilan qabul qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 avgustda milliy madaniyatimizning ko`zga ko`ringan namoyandalari, atoqli shoir va adiblarimiz, teatr, kino, musiqa san`ati sohasining taniqli hamda yosh vakillari, san`atshunos olimlar, jurnalistlar bilan bo`lgan uchrashuvida xalqimizning ma`naviy kamol topishi yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, o`tmishimizni, ulug` ajdodlarimiz hayoti va ijodini aks ettiradigan, o`quvchiga estetik zavq bag`ishlaydigan, badiiy saviyasi yuksak asarlar va zamonamiz qahramonlarini yaratish vazifasi topshirilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan mazkur film Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan Moskva xalqaro kinofestivaliga taqdim etildi.

“Sabot” 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etiladigan yurtimiz pavilonida ham dunyo mutaxassislari e`tiboriga havola etiladi.

Eslatib o`tamiz: “Sabot” aynan hayotiy voqealar, insonning bardoshi, qadri, oriyati haqidagi film bo`lib, unda 1980-yillar voqealari tasvirlangan. Filmda qoraqalpog`istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o`y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarni aktyorlar Karim Mirhodiev, Saydulla Moldaxanov, Behzod Hamroev, Nigora Karimboeva, Zulxumor Mo`minova ijro etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1