Xorij OAV Boyko`l sohilidagi ovloq ovulda yashovchi 76 yoshli Lyubov Morexodovaga e`tibor qaratishmoqda, deb yozmoqda News.day.az nashri.
Keksa ayol tamaddun tomon borish va mol-hollarini boqish uchun qo`lbola konkida muzlagan ko`l uzra 10 kilometr yo`l bosadi.
Lyubov bir o`zi yagaydi, ammo o`zini yolg`iz sezmaydi.
Kampirning xo`jaligida bir necha qoramol, tovuqlar, itlar va mushuklar bor. U yoshligida Irkutskda yashab, muhandis-texnolog bo`lib ishlagan. Nafaqaga chiqqach, turmush o`rtog`i bilan ona makoni bo`lmish ovulga ko`chib o`tadi.
Erining vafotidan so`ng esa farzandlarining qistoviga qaramay, shaharga ko`chib o`tmaydi.
Belidagi og`riqlarni pisand etmay, Morexodova har kuni qoramollarini tepalikka haydaydi va tepalikni aylanib o`tish uchun 1943 yili otasi arra hamda yog`ochdan yasab bergan konkidan foydalanadi.
Morexodova ikki marta tuman “Superbuvijon” tanlovida g`olib bo`lgan. U tikish-bichishga usta: ijod namunalari ko`p bora ko`rgazmaga qo`ygan.






