AQShning Alabama shtatida 2 yoshli bolakay mashinani o`t oldirib, onasini urib yubordi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Bola o`zi bilmagan holda to`satdan mashinani harakatga keltirdi va mashina oldida turgan onasini ustiga haydadi.
28 yoshli Kirsten Raeyn Pirsonning ushbu falokat oqibatida ko`krak qafasi qattiq jarohatlandi. Ayol zudlik bilan vertolyotda kasalxonaga etkazildi. Lekin yo`lda uning ahvoli og`irlashib, vafot etdi.
Polisiya tomonidan ushbu noxush voqea baxtsiz hodisa deb aytildi.
Marhumaning ota-onasi bolani o`z qaramog`iga oldilar va facebook’dagi sahifada unga bor mehrlarini berishni va`da berdilar.
oto: Facebook






