Meksikaning Tamaulipas shtati Syudad-Viktoriya shahridagi maktabda otishma sodir bo`ldi. Hodisada besh nafar o`quvchi jabrlangan.
Qayd etilishicha, maktabda kim o`t ochgani hali noma`lum. Polisiya tomonidan voqea joyi o`rab olingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, 2017 yilning yanvar oyida Meksikaning Nuevo-Leon shtati Monterrey shahridagi kollejda o`quvchi o`qituvchisi va sinfdoshlarini o`qqa tutgan edi. Oqibatda uch kishi og`ir jarohat olib, muallima hayotdan ko`z yumadi. Otishmani sodir etgan o`quvchi so`ng o`z joniga qasd qilgan edi.






