Havoda uchish bo`yicha Evropa chempioni Piter Blayzer boshchiligidagi Xalqaro Aeronavtika Federasiyasi vakillari bir vaqtda 5 ta havo sharida Buxoro o`zra osmonga parvoz qilishdi.
Buxoro minoralari teppasida maftunkor havo sharlarining paydo bo`lishi barchani hayratda qoldirdi.
Ayniqsa, sayyohlar va bolajonlar quvonchi cheksiz bo`ldi.










