1

Turkiyada Samarqand aktyorlari taqdirlanishdi

Madaniyat 25.04.2018, 12:52
Turkiyada Samarqand aktyorlari taqdirlanishdi

Avvalroq, Turkiyaning Konya shahrida "Ming nafas - bir ovoz" XI Xalqaro teatrlar festivali o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Festivalda ishtirok etayotgan Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan "Ko`chki" spektakli namoyish etildi.

Spektaklni Turkiya jamoatchilik vakillari, madaniyat va san`at namoyandalari va muxlislar maroq bilan tomosha qilishdi. Namoyishdan so`ng so`zga chiqqanlar o`zbekistonlik san`atkorlar mahoratiga yuqori baho berishdi.


Xususan, asar muallifi Tunjar Jujan O`g`li "Ko`chki" voqealarining aynan shu o`lkada sodir bo`lganligi va Samarqand teatri ijodkorlari festivalga kelib, bu asarni shu erda ijro etgani unutilmas voqea bo`lganini e`tirof etdi.

Festival tashkiliy qo`mitasi a`zolari tomonidan teatr jamoasiga “Xalqaro anjumanda muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun” diplomi va statuetkani tantanali ravishda topshirdi.

Festival 30 aprelga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1