1

Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov vafot etdi

Madaniyat 25.04.2018, 19:43
Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov vafot etdi

Bugun, 25 aprel kuni SSSR xalq artisti, O`zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda «Xabar.uz» nashri ma`lum qildi.

Shuhrat Abbosov 1931 yilning 16 yanvarida Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida tavallud topgan. Uning «Mahallada duv-duv gap», «Toshkent — non shahri», «Otamdan qolgan dalalar» kabi bir qator filmlari xalq qalbidan joy olgan.

So`nggi kunlarda Shuhrat Abbosov sog`ligi yomonlashgani sababli shifoxonada davolanayotgan edi.

Marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1