Tambovda 27 yoshli o`g`ri tashkilotlardan birining ofisidan 30 million rublni o`g`irlab chiqib ketdi, deya xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Videokamera kadrlaridan ko`rish mumkinki, o`g`ri qo`lida pul to`la qora sumka bilan ketayotib, “o`lja”sini erga tushirib yuboradi. Lekin u pullarni olishga ham harakat qilmaydi.
Polisiya tomonidan pul to`la sumka Tambov shimolidagi garajlardan birida topildi. Hozirda jinoyatchi qamoqqa olinib, unga qarshi jinoiy ish qo`zg`atilgan.