Futbol bo`yicha O`zbekiston Superligasining 8-turida "Paxtakor" jamoasi o`z maydonida "Navbahor" klubini qabul qildi.
Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda “Paxtakor” jamoasi a`zosi Tiago Bezerra ikkinchi bo`limning 77-daqiqasida jarima maydonidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Shu tariqa, “Paxtakor” va "Navbahor" jamoasi o`rtasidagi o`yin 1:0 hisobida yakunlandi.









