AsosiyDunyo

Turkman ayollariga qomatni ko`z-ko`z qiluvchi tor ko`ylak kiyish taqiqlandi

'Turkman ayollariga qomatni ko`z-ko`z qiluvchi tor ko`ylak kiyish taqiqlandi'ning rasmi

Turkmanistonda ayollar qomatini bo`rttirib ko`rsatuvchi tor ko`ylak kiyish norasmiy tarzda taqiqlandi, deb xabar berdi “Turkmaniston alternativ yangiliklari” portali.

Nashrning xabar berishicha, endidan boshlab ayollar qomatini ko`z-ko`z qilmaydigan liboslar kiyishlari lozim. Ko`ylakning uzunligi erga tegadigan bo`lishi, faqatgina oyoq kiyimning uch tomoni ochiq bo`lishi, engi esa barmoqlarcha bo`lishi talab etilmoqda.

“Biz o`tmishga qaytmoqdamiz. Yoshim 20 da, biroq katta buvim kiygan liboslarni kiyishga majburman”, dedi Ashxobodda yashovchi qizlardan biri.

Go`zallik salonlarida ham ish qizg`in. Sari sochli ayollar sochlarini qora rangga bo`yashmoqda. Tungi 22.00 dan keyin ko`chada birga yurgan erkak va ayollar ham qo`lga olinmoqda. Kechasi erkak va ayolning birga sayr qilishlari uchun nikoh guvohnomasi talab etilmoqda.

Xuquq-tartibot idorasi xodimlari bunday cheklovlar yoshlarni yomon yo`llarga kiritib ketishdan asrashini ta`kidlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar