AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi 12 yoshli bola basseynda cho`milayotgan paytda oyog`i basseyn qurilmasiga tiqilib qolib, halok bo`lishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Kuzatuv kamerasi mash`um hodisani videoga oldi. Voqea Nort-Mitl-Bichda 19 martda ro`y berganiga qaramay, huquq-tartibot idorasi xodimlari uni endi ommaga oshkor etishdi.
Ota-onasi bilan Avista Resort mehmonxonasida dam olayotgan bolalar “zabt etish” uchun suvli attraksionga yo`l olishgan. Cho`milish jonlariga tekkandan keyin ular basseynga suv etkazib beradigan quvurlarni tekshirib ko`rishga kirishishgan.
Bolalardan biri 15 santimerlik quvurni tepish uchun harakat qilganda oyog`i quvurlar orasiga kirib, qisilib qolgan. Bola yuqoriga chiqishga harakat qilgan, biroq suv ostidan mustaqil ravishda chiqishning ilojini topolmagan.
Uning baxtiga sayyohlardan biri sun`iy nafas oldirishni bilgan. 9 daqiqa-yu, 18 soniya davomida suv ostida qolgan bola mo``jiza tufayli omon qoldi. Birinchi tez tibbiy yordamdan keyin bola kasalxonaga yotqizildi.






