1

Ufa tug`ruqxonasidagi yong`in tufayli 230 kishi evakuasiya qilindi

Dunyo 26.04.2018, 14:59
Ufa tug`ruqxonasidagi yong`in tufayli 230 kishi evakuasiya qilindi

Ufaning Kirov tumanida joylashgan tug`ruqxonada yuz bergan yong`in tufayli 230 kishi evakuasiya qilindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Kuvatov nomli respublika klinik kasalxonasi yonayotganligi haqida tungi soat 2:35 da xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar va o`t o`chiruvchilar voqea joyiga teib kelganida navbatchi hamshiraning xonasi va akusher-ginekologik korpusi binosi yonayotganligining guvohi bo`lishdi.

Xavfsizlik maqsadida binodan 238 nafar odam, shu jumladan 56 nafar chaqaloq evakuasiya qilindi. Ular qo`shni jarrohlik korpusiga va yaqin o`rtadagi tug`ruqxonalarga joylashtirildi.Yong`in oqibatida hech kim jarohatlanmadi. Ayni vaqtda voqea joyida hodisaga oydinlik kiritish maqsadida FVV va o`t o`chirish xodimlari ish olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1