Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi vakolatni suiistemol qilish bo`yicha ochilgan ishga guvohlik berish uchun qo`lga olindi, deya xabar beradi Reyter agentligi.
Agentlikning qayd etishicha, seshanba kuni tongda Sarkozi Parij yaqinidagi Nanter shahrida joylashgan bo`limga keltirilgan.
“Sarkozi guvohlik berish uchun Nanterga chaqirildi va qo`lga olindi”, - deyiladi agentlik manbasida.
“Frans Press” nashrining qayd etishicha, tergovchilar Sarkozini 24 soat davomida ushlab turish huquqiga ega. Xabarda yozilishicha, Sarkozi korrupsiya ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlariga guvohlik bermoqda.