AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik qoriya o`z hifzi orqali onasiga toj kiydirdi

'O`zbekistonlik qoriya o`z hifzi orqali onasiga toj kiydirdi'ning rasmi

Joriy yilning 25-26 aprel kunlari o`tkazilgan ayollar o`rtasida "O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018"ning g`oliblari e`lon qilingan edi.

Musobaqa jarayoni va uning taqdirlash ma`rosimini ijtimoiy tarmoqlar orqali to`g`ridan to`g`ri minglab yurtdoshlarimiz va xorijdagi musulmonlar kuzatib bordilar. Ko`pchilikning havasiga sodir bo`lgan voqelik minglab insonlarning ko`z o`ngida yuz berdi.

Taqdirlash marosimi doirasida O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018 ning Oliy o`rin sohibasi sifatida Najmiddinova Robiya e`tirof etildi.

Robiya Najmiddinova Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi bo`lib, musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlash marosimi jarayoniga qoriyaning onasi ham taklif etildi.

O`MI Matbuot xizmati matbuot xizmati xabariga ko`ra, qoriyaning Qur`oni karim borasida olgan ilmlari sabab, uning onasi shunday yuksak e`tirofga sazovor bo`ldi.

Barchamizga ilmi sabab toj kiydiradigan farzandlar ato etishini Yaratgandan so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar