1

Fillippinning Borakay oroli sayyohlar uchun yopildi

Dunyo 27.04.2018, 18:43
Fillippinning Borakay oroli sayyohlar uchun yopildi

Fillippining Borakay oroli barcha sayyohlar uchun yopiq deb elon qilindi. 26 apreldan boshlab barcha turistlar xududni tark etishni boshladi.

Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening qaroriga ko`ra, orol tabiatining ifloslangani tufayli ommaviy tozalash ishlari olib boriladi. Hudud barcha sayyohlar uchun yopilishi va damolayotganlar uni tark etishlari lozimligi xaqida bundan bir necha kun avval ogohlantirilgan edi.Ayni damda bu erda dam olayotgan turistlar kemalarda oroldan jo`nab ketishmoqda.

Bu orol tabiatini saqlab qolishning eng samarali usulidir. Hozircha ushbu qarordan sayyohlar ham mahalliy aholi vakillari ham norozi bo`lishi mumkin. Biroq u qayta ochilgach, hammasi avvalgi holiga qaytadi.

Mazkur hudud 6 oy muddatga yopilgan. Bu vaqt mobaynida orolning drenaj tizimi qayta tiklanadi. Tozalash ishlari okeanning qumli sohillaridan boshlanadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun hukumat tomonidan katta guruh tuzilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1