Yaponiyaning Fudzisava shahrida dunyoda ilk bor yashil evglena o`simligidan tayyorlargan bioyoqilg`i yordamida harakatlanuvchi avtobuslar yo`lga tushirildi. Bu haqda “RIA Novosti” Isuzu kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Avtobuslar uchun yoqilg`i Yaponiyaning yuk mashina va avtobus ishlab chiqaruvchi Isuzu va Euglena kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi. “To`rt yildan so`ng 100 foiz suv o`tlari yordamida ishlab chiqariladigan bioyoqilg`i texnologiyasini yo`lga qo`yish niyatidamiz. Hozirda bioyoqilg`ida suv o`tlari miqdori 1 foizni tashkil etmoqda”,-dedi matbuot xizmati vakili.