Sud tergovchilari Fransiya sobiq prezidentiga nisbatan rasman ayblov qo`yishdi. Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, tergovdan so`ng shunday qarorga kelishgan.
Tergovchilar Nikolya Sarkozini korrupsiya va o`z manfaatlari yo`lida vakolatidan foydalanishda ayblashmoqda.
Kecha sobiq prezident korrupsiya ishi bo`yicha guvohlik bergan va tergov ishlari 15 soat davom etgan.