Xabaringiz bor, Toshkent markazidagi “Istiqlol” san`at saroyi va “Bunyodkor” metro bekatiga “Xalqlar do`stligi” nomi qaytarilishi haqida xabar bergan edik.
Xalqaro press-klub xabariga ko`ra, undan tashqari san`at saroyi oldidagi maydonda 60 metr balandlikda 6x9 metr bo`lgan O`zbekiston bayrog`i o`rnatiladi.
Shuningdek, san`at saroyi oldidagi maydon ko`klamzorlashtirilib, aholi dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratilishi aytib o`tilgan.











