AQShning General Motors kompaniyasining Indiana shtati Merion shahridagi zavodida portlash yuz berdi.
Mahalliy hukumat xabariga ko`ra, portlash oqibatida 1 kishi halok bo`lgan, 5 kishi jarohatlangan.
Portlash sababi hozircha aniqlanmagan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, dioksid xlori havoga chiqib ketgan bo`lishi mumkin. Voqea joyida bir necha o`t uchirish brigadalari ish olib bormoqda, zavodning barcha xodimlari evakuasiya qilingan.
Merion shahridagi zavodda asosan General Motors avtomobillari uchun kuzov elementlari ishlab chiqariladi. Qayd qilinishicha, korxonada 1,4 mingdan ortiq qishi ishlaydi.