1

Ayol Youtube dagi yo`riqnoma orqali mustaqil ravishda farzandini dunyoga keltirdi

Dunyo 28.04.2018, 19:28
Ayol Youtube dagi yo`riqnoma orqali mustaqil ravishda farzandini dunyoga keltirdi

Tug`ruq juda mashaqqatli va og`riqli jarayon bo`lib, u kasalxonada, mutaxassislar ishtirokida ham asoratli kechishi mumkin, deb yozadi Mix.tn.kz nashri.

22 yoshli amerikalik homilador Tia Friman Turkiya orqali Germaniyaga qilmoqchi bo`lgan safarini og`iroyoq bo`lsa ham bekor qilmadi. Parvoz vaqtida tushlik uchun losos balig`i berildi. Tia vegetarian bo`lsa-da, qorni och qolgani uchun baliqni tanovul qildi. Oradan biroz o`tgach, uning qornida kuchli og`riq paydo bo`ldi. Ayol bunga baliq sababchi, deb o`yladi.

Samolyot Istanbulga qo`ngach, Tia tezroq mehmonxonaga etib olishga shoshildi. Navbatda turganda esa to`lg`oq boshlanayotganligini his qildi.

Mehmonxonaga etib kelgach, Youtube kanalidagi tug`ruq haqidagi yo`riqnomlar bilan tanishdi. Tia vannaga suv to`ldirib, farzandini suvda dunyoga keltirdi. Bolaning kindigini avvaldan tayyorlab qo`ygan issiq suvda qaynatilgan ip bilan bog`lab, kesdi.

Ertasi kuni esa bolasini ko`targancha, AQShga emas, sayohat qilmoqchi bo`lgan Germaniya tomon yo`l oldi. Aeroport xodimlari chaqaloqning hujjati bo`lmagani uchun uni o`g`irlangan deb o`ylashdi.

Biroq Tia bo`lib o`tgan voqeani so`zlab bergach, ayol va bola Amerika elchixonasiga olib borilib, tegishli yordam ko`rsatildi. Turkish Airlines kompaniyasi esa chaqaloqqa kiyim-kechak, Tianing Turkiyaga etib kelishi uchun bepul chipta sovg`a qildi.

Ayni paytda chaqaloq va onasi Amerikada, ularning sog`ligi joyida. Tia esa bo`lib o`tgan voqea haqida gap ketganda “Buning hayratlanarli joyi yo`q” deydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1