1

Nufuzli universitet Ramazon tufayli ish tartibini o`zgartiradi

Dunyo 28.04.2018, 21:32
Nufuzli universitet Ramazon tufayli ish tartibini o`zgartiradi

AQShning eng keksa va eng nufuzli ta`lim maskanlaridan biri – Prinston universiteti bu yil musulmon talabalarga yon bosib, ularga muborak Ramazon oyining xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan jadval asosida imtihonlardan o`tish olish imkonini yaratib berdi. AQShda Ramazon oyi 16 may kuni boshlanishi kutilmoqda va shu kuni standart jadvalga ko`ra sinovlar boshlanadi.

Avvallari Ramazon tufayli sessiya vaqtini o`zgartirish zaruriyati yo`q edi, chunki imtihonlar Ramazonga to`g`ri kelmas edi, ammo bu yil Prinston universiteti ma`muriyati talabalarga kechki imtihonlarni ertalab topshirish imkoniyatini taqdim etdi.

Ma`lumki, Ramazonda musulmonlar quyosh chiqqandan botgunicha eb-ichishdan o`zlarini tiyadilar, shu sababli kechqurun imtihonlarini topshirish ancha qiyin bo`ladi – buni ertalab, talaba hali quvvatga to`la payti qilish osonroq, deb yozadi info.islom.uz nashri.

«Universitetda sog`lom aql doirasida diniy amallarga imkon yaratib berish tajribasi azaldan bor», - dedi Prinston universitetining musulmon talabalar ishlari bo`yicha koordinatori Suhayb Sultoniy.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1