1

Yaponiyada bir daqiqada ikki o`rindiqli avtoulovga aylana oladigan robot-transformer yaratildi

Dunyo 29.04.2018, 15:09
Yaponiyada bir daqiqada ikki o`rindiqli avtoulovga aylana oladigan robot-transformer yaratildi

Ilgari, multfilmlarda, fontastik filmlarda ko`rganlarimizni yapon muhandislari hayotga ko`chirishdi.

Yaponiyaning “Brave Robotics” kompaniyasi muhandislari hamda “Asratec” firmasi muhandislari bir daqiqada ikki o`rindiqli avtoulovga aylana oladigan robot-transformer yaratdi, deb yozadi motor.ru.

“J-deite RIDE” nomli ushbu robotning balandligi 4 metr bo`lib, uzunligi esa shaklini avtoulovga o`zgartirganda 3,8 metrgacha etadi. Avtobotni robot bo`lmasidan yoki masofadan turib boshqarish mumkin.

“Brave Robotics” kompaniyasi, shuningdek, shaklini o`zgartira oladigan noyob mexanizm ham ishlab chiqdi. Maxsus dastur orqali u “J-deite RIDE” yordamida harakatlanishi va yurishi mumkin. Kelajakda kompaniya shunday robotlarni tijorat maqsadida ham ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi.

“J-deite RIDE” soatiga 100 metr tezlikda harakatlananishi, avtoulov ko`rinishida esa yo`lovchi tashishi ham mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1