1

Rossiya dunyo xaritasini o`zgartirishni rejalashtirdi

Dunyo 29.04.2018, 15:11
Rossiya dunyo xaritasini o`zgartirishni rejalashtirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amaldagi dunyo xaritasi tarixiy va jug`rofiy haqiqatlarga soya solayotganini, ruscha nomlar o`chirilganini sabab qilib ko`rsatib, yangi xarita tuzish bo`yicha topshiriq berdi. Bu haqda O`z.A«Sabah» nashrining xabariga tayangan holda yozmoqda.

Vladimir Putin Rossiya geografiya assosiasiyasi direktorlar kengashi bilan o`tkazilgan yig`ilishda Rossiyaning yangi dunyo atlasi ishlab chiqilishi zarurligini, bu atlas, avvalo, rus tilida tuzilib, keyin boshqa tillarga tarjima qilinishi bo`yicha topshiriq bergan.

Xuddi shunday topshiriq Rossiya Mudofaa vazirligiga ham berilgani ma`lum bo`ldi.

«Tarixda kashfiyotchilarimiz va sayyohlarimiz muayyan joylarga ruscha nomlar qo`yishgan. Lekin afsuski, bugun ushbu nomlar tarix sahifalaridan o`chib boryapti. Rossiya dunyoni kashf qilishga hamda ilm-fan rivojiga katta hissa qo`shgan. Bu ham unutilib boryapti. 2020 yili Antarktidaning kashf qilinishi yubileyini nishonlaymiz. Ammo Antarktidani kashf qilgan Mixail Lazarev i Feddi Bellinsgauzenning nomlari bugun xaritada yo`q. Amaldagi xaritalarda begonalarning nomlari bor, bu holatni to`g`rilash kerak», dedi V.Putin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1