Filippinda yashovchi Joy Arsilla (JoyArcilla) saraton o`simtasini pashshaning chaqishiga o`xshatib, e`tibor bermaganligi uchun qo`lidan ayrildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
2012 yilda 16 qo`lida paydo bo`lgan toshmani pashsha chaqqandan paydo bo`lgan, deb o`yladi. Biroq bu toshma vaqt o`tgan sari ketmay, kengaya boshladi. Oradan bir necha oy o`tgandan keyin Arsilla shifokor huzuriga bordi. Unga mutaxassislar suyak skeletidagi xavfli o`simta — Yuinga sarkomasi tashxisini qo`yishdi
2013 yilning aprel oyida o`simta operasiya orqali olib tashlandi. Shifokorlar qizni xavf otrda qolganligiga ishontirishdi. Biroq oradan bir yil o`tgach, o`simta yana paydo bo`ldi va Arsilla 17 ta kimyoterapiya kursini qabul qilishga majbur bo`ldi. Kimyoterapiya yomon ta`sir qilgandan qiz uni olishdan bosh tortdi. Bu esa o`simtaning battar rivojlanishiga olib keldi.
Shunda qiz o`simta boshqa tana a`zolariga tarqalib ketmasligi uchun qo`lini kestirishga qaror qildi. Arsillaning aytishicha, bunday qarorga kelishi oson kechmagan. Biroq yoshgina olamdan o`tgandan ko`ra, nogiron bo`lsa-da, yashashni, o`qishni afzal bilgan.
“Avvaliga juda siqildim, biroq oila a`zolarimning mehr-muhabbati, qo`llab-quvvatlashlari natijasida hayotga qaytdim”, deydi Arsilla.






