Avstraliyada “Uzunquloq Piter” multfilmini tomosha qilishga kelgan bolalarga tasodifan “Reinkarnasiya” filmining treyleri namoyish etildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mazkur treyler bolalar va ularning ota-onasini zaldan qochib chiqishga majbur qildi. Mazkur kinokartina tanqidchilar tomonidan “ 2018 yilning eng qo`rqinchli filmi” deb ataldi. Treylerda keksa ayolning tobutda yotishi, yonayotgan erkak, kichkina qizchaning kabutar boshini qaychida uzib olishi va boshqa bir qancha dahshatli kadrlar aks etgan.
“Film juda dahshatli edi. Ota-onalar kinomexanikdan zudlik bilan namoyishni to`xtatishni talab qilishdi. Ular farzandlarining ko`zini to`sishga, ba`zi birlari esa zaldan qochib chiqishga majbur bo`lishdi”, deb ma`lumot berdi tomoshabinlardan biri.
Bo`lib o`tgan voqeadan keyin kinoteatr rahbariyati tomoshabinlardan uzr so`radi va hodisa tafsilotlari yuzasidan surushtiruv o`tkazishga va`da berdi.






