AsosiyDunyo

Yaponiyada mushuklar uchun mo`ljallangan uylar odamlar uchun ishlab chiqarila boshladi

'Yaponiyada mushuklar uchun mo`ljallangan uylar odamlar uchun ishlab chiqarila boshladi 'ning rasmi

Yaponiyaning BibiLab kompaniyasi mushuk bo`lishni orzu qilgan odamlar uchun uychalar ishlab chiqara boshladi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Kichik chodirlarni eslatuvchi yig`ma qurilma oddiy mushukning uychasidan 6 marotaba kattadir. Uning kengligi 80 , balandligi esa 65 santimetrni tashkil etadi. Uychaga qo`shib, mushuk quloqlarini eslatuvchi bosh kiyim ham beriladi. Bunday uychaning narxi 11, 7 ming iendir (taxminan 700 ming so`m).

BibiLab kompaniyasi mazkur tovarning zarurligini marketing tadqiqotlari tasdiqlashini ma`lum qildi. So`rovnoma natijasida 77,7 foiz odam bir marotaba bo`lsa ham mushuk bo`lishni istagani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar